Bugun, 11 oktabr kuni Senatning 23-yalpi majlisi öz işini boşladi. Unda mamlakatda daraxt va butalarni kesişda qonun hujjatlariga rioya etilişi holati töğrisida mas'ul idoralarning axboroti eşitilişi kutilmoqda.
Mazkur masalani körib çiqişning ahamiyati xususida söz yuritar ekan, Senat Raisi Orol muammosiga töxtalib ötdi.
«Ekologiya va iqlim özgarişi bilan boğliq muammolar jahon jamoatçiligini öylantiryapti. BMTning yaqinda ötkazilgan 74-sammiti ham aynan şu masalaga bağişlandi. Özbekiston ham ekologik muammolardan jabr körgan mamlakat sifatida bu masalaga jiddiy e'tibor qaratyapti. Özbekiston rahbari BMTning 72-sessiyasida ekologik muammolar kölamini Orol fojiasi misolida tuşuntirib bergan edi. Mazkur taşabbus qöllab-quvvatlanib, BMT tomonidan Orolböyi mintaqasi uçun Inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik asosida Trast fondi taşkil etildi. Özbekiston Iqlim özgarişi töğrisidagi Parij Bitimini ratifikatsiya qildi, BMT huzuridagi Yaşil iqlim fondi bilan hamkorlikni yölga qöydi.
Yaqin ikki yilda birgina Orolböyi hududida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali röyobga çiqariş maqsadida 1,5 milliard dollarlik 800ga yaqin loyihani amalga oşiriş közda tutilgan. Katta mablağ va boşqa resurslar evaziga sahroga aylangan Orol dengizi hududida turli daraxtlar ekilayotgan bir şaroitda ayrim hududlarda daraxt va butalarni noqonuniy va ayovsiz kesiş hollari röy berayotgani mutlaqo tuşunarsizdir. Bu mantiqqa töğri kelmaydi», — deya Tanzila Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















