Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasining joriy yil 10 oktabr kuni bölib ötgan majlisida Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining 2019 yilning ötgan davridagi faoliyati samaradorligi muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, mazkur tuzilma zimmasiga joriy yilda bajarilişi lozim bölgan 19 ta vazifa yuklatilgan. Yanvar-sentabr oylarida belgilangan 10 ta vazifadan qömita tomonidan 4 ta maqsadli vazifa bajarilmaganligi aniqlandi.
Jumladan, davlat xizmatlarini körsatişda axborot resurslarni, 1949-2019 yillar davridagi arxiv fondini raqamlaştiriş böyiça tayyorgarlik işlarini amalga oşiriş, jumladan, arxiv fondini raqamlaştiriş metodologiyasini işlab çiqiş topşiriği berilgan. “Davergeodezkadastr” qömitasi tomonidan amalga oşirilgan “Köçmas mulkni röyxatga oliş va kadastr tizimini modernizatsiya qiliş” loyihasi doirasida xorijiy konsalting korxonalari tomonidan işlab çiqilgan qöllanma sifatsiz, tuşunarsiz bölganligi sababli bu boradagi işlar hanuzgaça yakunlanmagan. Şuningdek, arxiv ma'lumotlarini raqamlaştirişni sinov şaklida joriy qiliş uçun yuqori tezlikda va sifatli skaner qiliş imkoniyatiga ega bor-yöği 1 ta qurilma xarid qilingan.
Bundan taşqari, Davlat kadastrlarini şakllantirişda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş böyiça kamida 15 ta davlat kadastrini elektron şaklda şakllantiriş va ularni Internet tarmoğiga joylaştiriş topşiriği berilgan. Bu boradagi işlar ham hanuzgaça yakunlanmaganligi majlisda qayd etib ötildi.
Sanab ötilgan bu va boşqa kamçiliklarni bartaraf etiş uçun mutasaddi taşkilotlar bilan birgalikda çora köriş taklif etildi. Qolaversa Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyat (şahar) hokimliklari bilan birgalikda qişloq xöjaligiga möljallangan zaxiradagi yerlarini qaytadan xatlovdan ötkazib Geoportalga joylaştiriş va yil yakuniga qadar zaxiradan çiqariş çoralarini köriş lozimligi qayd etildi.
Majlisda qörib çiqilgan masalalar böyiça Qömitaning tegişli qarori qabul qilindi.

















