Özbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi rahbarining tegişli qaroriga muvofiq, Dilşod Madraximoviç Saidjonov Özbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar berilgan.

U bu lavozimda Avazbek Jabbarkuloviç Xodjimetovning örnini egalladi.

Dilşod Saidjonov şu vaqtga qadar Agentlikning Axborot siyosati boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.

Ayni vaqtda agentlik rahbari Komil Allamjonovning birinçi örinbosardan taşqari yana ikki örinbosari bor. Bular Saida Şavkatovna Mirziyoyeva va Ğayrat Nazaroviç Bozorov hisoblanadi.