Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida yangi tayinlov amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy-ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan podpolkovnik Bahodir Ma'mirjonovich Rajabov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bahodir Rajabov 2001 yilda oldingi Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini tamomlagan.
U Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy-ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini 2018 yilning fevral oyidan beri egallab kelgan. Xizmati davomida qo‘shinlarda qo‘mondonlik lavozimlarida xizmat qilgan.
Qayd etilishicha, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi shu vaqtga qadar vakant bo‘lib kelgan.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026