AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiya va suriyalik kurdlar örtasidagi ixtilofda vositaçilik qilişni taklif qildi.
Tramp tvitterdagi xabarida AQŞ jangovar harakatlar hududiga “minglab harbiylarni jönatişi”, Turkiyaga qarşi jiddiy sanksiyalar kiritişi yoki ixtilof tomonlariga tinçlik bitimiga erişişda yordam berişi mumkinligini aytgan. Şu bilan birga Tramp AQŞ Turkiya amaliyot ötkazayotgan hududdan öz harbiylarini ular “öz işlarini bajarib bölganlari uçun” olib çiqqanini qöşimça qilib ötgan.
AQŞ prezidenti, şuningdek, Turkiya va kurdlar 200 yildan beri bir-birlari bilan uruşib kelayotganini ta'kidlab ötgan.
Turkiya 9 oktyabrda Suriya şimolida kurd otrdlariga qarşi harbiy amaliyotni boşladi.


















