Bir qancha guruhlarda Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
S guruhida Niderlandiya o‘z maydonida Shimoliy Irlandiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi, Depay dubl qayd etdi.
Ye guruhida Xorvatiya Vengriyani yirik hisobda taslim etdi. Slovakiya va Uels esa murosa yo‘lini tanlashdi.
G guruhida Avstriya o‘z uyida Isroilni mag‘lub etdi. Polsha esa mehmonda Levandovskining xet-triki evaziga g‘alaba qozondi.
I guruhida peshqadamlar – Rossiya va Belgiya o‘z maydonlarida yirik g‘alabalarga erishishdi. Ruslar tarkibida Anton Dzyuba, belgiyaliklar tarkibida Romelu Lukaku dublga erishdi.
Yevro-2020 saralashi, 7-tur
10 oktabr
C guruhi
Niderlandiya – Shimoliy Irlandiya 3:1
"Feyyenoord"
Gollar: Depay (80, 90+4), Lyuk de Yong (90+1) – Madjyennis (75).
Gollandiya: Sillessen, van Deyk, Blind, de Ligt, Dumfris (Lyuk De Yong, 78), Frenki de Yong, de Ron (Van de Bek, 66), Bergveyn, Veynaldum, Babel (Malen, 66), Depay.
Shimoliy Irlandiya: Pikok-Farrell, Ketkart, Smit, Jon Evans, Dallas, Devis, Makneyr, Korri Evans (Flenagan, 87), Sevill (Tompson, 83), Fergyuson, Lafferti (Madjyennis, 67).
Ogohlantirishlar: Pikok-Farrel (53), Evans (60), Smit (67), Depay (99+4).
Belarus – Estoniya 0:0
Ye guruhi
Xorvatiya – Vengriya 3:0
Gollar: Modrich (5), Petkovich (24, 42).
Slovakiya – Uels 1:1
Gollar: Kutska (53) – Mur (25).
G guruhi
Avstriya – Isroil 3:1
Gollar: Latsaro (41), Xinteregger (56), Zabitser (88) – Zaxavi (34).
















