2019 yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada 75,6 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,8 mingtaga ko‘pdir.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 72,8 mingta (22,0 %)ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 404,0 mingtani tashkil etgan.
2019 yilning 1 oktabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni 404,0 mingtaga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,0 %ga o‘sgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 24,8 % savdo, 17,7 % sanoat, 9,2 % qurilish, 7,5 % qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,4 % yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 3,9 % tashish va saqlash, 2,0 % axborot va aloqa, 1,9 % sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 26,6 % boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (84 072 ta), Toshkent (42 283 ta), Farg‘ona (35 069 ta), Andijon (32 551 ta) va Samarqand (32 104 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (12 941 ta), Navoiy (16 037 ta) hamda Jizzax (17 651 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 386,0 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 69,3 mingtaga (21,9 %) o‘sgan. Hududlar kesimida qaralganda, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘pi Toshkent shahri (80 969 ta), Toshkent (36 842 ta), Farg‘ona (34 615 ta), Andijon (31 221 ta) va Samarqand (30 466 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (12 189 ta), Navoiy (15 693 ta) hamda Jizzax (16 863 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.
2019 yil yanvar-sentabr oylarida 75 635 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2018 yilning shu davriga nisbatan 1,8 martaga ko‘pdir.
Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Toshkent shahri (15 022 ta), Toshkent (7 421 ta), Samarqand (6 497 ta), Farg‘ona (6 003 ta), Buxoro (5279 ta), Navoiy (5226 ta), Andijon (4745 ta), Namangan (4641 ta) va Qashqadaryo (4543 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (2 134 ta), Jizzax (3 125 ta), Surxondaryo (3 757 ta), Xorazm (4 098 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3 144 ta) korxona va tashkilotlarni tashkil etish ko‘rsatkichi past darajani aks ettirgan.
















