Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov 11 oktabr kuni Samarqandda ötgan söz erkinligi mavzusidagi xalqaro davra suhbatida ma'ruza bilan çiqiş qildi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkiloti delegatlari iştirokida ötgan tadbirda söz olgan Allamjonov mamlakatda söz va matbuot erkinligini örnatiş uçun hali köp iş qilinişi kerakligi hamda bu – yetarliça vaqt talab qiladigan jarayon ekanini ta'kidlab ötgan.

«Özbekistonda matbuot hali ham erkin emas, söz erkinligi yöq», deb osongina gapirayotganlarga bu işlar tez va bir kunda amalga oşib qolmasligini, taşqaridan turib bunga qat'iy baho bermasligini sörab qolamiz. Rim bir kunda qurilmaganidek, özbek matbuoti ham haqiqiy törtinçi hokimiyat darajasiga yetişiga hali vaqt kerak va biz buni yaxşi tuşunamiz.
Uşbu jarayon keng qamrovli global tadbirlarga bevosita boğliq bölib, ta'lim jarayonlarida öquvçilarga tanqidiy fikrlaş könikmasini singdirişdan tortib to jurnalistlar va blogerlar malakasini oşiriş, davlat va boşqaruv organlari rahbarlarini matbuot bilan işlaş, unga munosabat bildiriş va tanqidiy çiqişlarga konstruktiv yondaşiş, aholi orasida söz erkinligini va söz erkinligi madaniyatini şakllantiriş kabi tadbirlarni amalga oşirişni taqozo etadi.
Yana bir marta ta'kidlab aytmoqçimanki, bu tadbirlar bir kunlik yoki bir yillik tadbirlar emas. Qani endi şu payt Garri Potterning sehrli tayoqçasi bölsa-yu, bu işlarni bir zumda amalga oşirib qöysak. Afsuski, bu faqatgina ertaklarda böladi. Amalda esa buning uçun yillar va bizdan juda maşaqqatli mehnat talab qiladi», – dedi Allamjonov.
Mavzuga doir:
Komil Allamjonov: «25 yillik senzuradan qutulgan özbek matbuoti hammani esankiratib qöydi»

















