Xabaringiz bor, 11 oktabr kuni Samarqanddagi Forumlar saroyida söz erkinligini ta'minlaş, ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş va davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş sohasida tajriba almaşişni maqsad qilgan, YeXHTning Vena şahridagi iştirokçi-davlatlar doimiy vakillari iştirokida «Özbekistonda OAV erkinligi masalalari» mavzusida davra stoli bölib ötdi.
Tadbirda xorijlik mehmonlar bilan birgalikda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov, AOKA direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva, mahalliy jurnalistlar va blogerlar iştirok etişdi.
Tadbirda samarqandlik bloger va jurnalist Karimberdi Töramurod öziga bölayotgan tazyiqlar va tahdidlar haqida gapirib, Agentlik rahbarlari Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi va ulardan himoya söradi.
«Jurnalist va blogerlik — hamma narsa mumkin degani emas. Uning ham qonun-qoidasi bor. Lekin barça qonunlarga va belgilangan etika me'yorlariga rioya qilgan holda işlasangizu sizga nisbatan adolatsizlik va tazyiqlar bölsa, unda sizni albatta himoya qilamiz», — deb ta'kidladi Agentlik direktori Komil Allamjonov.















