11 oktabr kuni Samarqandda Özbekistondagi OAV erkinligi masalalariga bağişlangan xalqaro davra suhbati bölib ötdi.
Unda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkilotiga a'zo qator mamlakatlarning Venadagi doimiy vakillari, Özbekiston davlat boşqaruvi organlari mutasaddilari, jurnalist va blogerlardan iborat jami 50 nafar iştirokçi qatnaşdi.
Konferensiyada iştirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbir taşkilotçisi – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov anjuman avvalida nutq sözlab, xorijlik diplomatlarga Özbekistonda söz erkinligi sohasidagi özgarişlar haqida ma'lumot bergan.

«Samarqandga xuş kelibsiz. Özbekistonga kuni keça boşlangan taşrifingiz doirasida mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qiliş, gender tengligini ta'minlaş borasidagi işlarimiz bilan yaqindan tanişdingiz. Ruxsat bersangiz, bugun sizlar bilan Özbekistonda söz va matbuot erkinligini ta'minlaş borasidagi tadbirlarimiz, maxsus yöl xaritasi va uning doirasida amalga oşirgan işlarimiz va umuman bu sohaga nisbatan qaraşlarimiz bilan örtoqlaşmoqçimiz.
Kuni keça Yutubda 1991 yilning oktabr oyida ötkazilgan Özbekiston parlamenti sessiyasida deputatlarimizning yutuqlari, ularning fuqarolik pozitsiyalarini körib qoldim. Işonasizmi-yöqmi, men bu videotasvirda söz erkinligining haqiqiy va samimiy körinişiga guvoh böldim. Öşa paytda 7 yoşli bola bölganman, lekin aynan öşa davr bugun biz qurayotgan demokratik fuqarolik jamiyatining boşlanişi bölgan.

Ammo nima ham böldiki, bu jarayon uzoqqa çözilmadi va tan olib aytiş kerakki, yillar davomida Özbekistonda matbuotning roli va örni juda zaiflaşib, u faqatgina maqtov va tarğibot maşinasiga aylanib qoldi. Tanqid qilgan yoki haqiqatni gapirganlar yoqmadi, ularning ovozi öçirildi yoki çet davlatga işlaydigan ayğoqçiga çiqarildi.
Jurnalistika sohasida aksariyat bitiruvçilar boşqa sohalarga işga ötib ketdi. Gazeta va jurnallar faqat majburiy obuna hisobidan kun keçira boşladi. Afsuski, bizga ana şunday oğir meros qolgan edi.
2016 yil prezident etib saylangan Şavkat Mirziyoyev bu sohani jadal rivojlantiriş, Özbekistonda matbuot va söz erkinligini ta'minlamasdan turib, islohotlarni amalga oşiriş mumkin emasligini, davlat organlari xodimlari xalq bilan muloqot örnatgan holda iş taşkil etişlari lozimligini dadil ta'kidlab, matbuotni amalda törtinçi hokimiyat darajasiga kötariş vazifasini qöydi.


















