Samarqandda xalqaro delegatlar iştirokida ötgan, Özbekistondagi söz va matbuot erkinligi mavzusi muhokama qilingan davra suhbatida AOKA direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva ma'ruza qildi.

U öz sözida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Özbekiston axborot maydonini isloh qiliş böyiça qilinayotgan işlar haqida söz yuritdi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

«Zamonaviy Özbekiston bir neça yil oldingisidan ança farq qiladi. Mamlakatimiz jadal sur'atda özgarib bormoqda. Respublikamiz fuqarolarning söz erkinligini kafolatlaş va oçiqlik yölini tanlagan.

Maqsadimiz – fuqarolar uçun manfaatli, davlat va jamiyat örtasida köprik böla oladigan axborot maydonini yaratiş. Bu boradagi harakatlarimiz YeXHTning OAVni qöllab-quvvatlaş böyiça asosiy prinsiplariga mos tuşadi.

Işonç bilan aytişimiz mumkinki, jamiyatimiz özgarib bormoqda, odamlar tobora sifatliroq axborot olişni istaşyapti. Ommaviy axborot vositalarimiz ham özgaryapti va turfa-xil fikrlar maydoniga aylangan. Jurnalistlarda öziga işonç ortmoqda. Bugun ommaviy axborot vositalari muhim masalalardagi tanqidiy çiqişlar bilan yangi Özbekistonni bunyod etişda faol qatnaşmoqda», – deb ta'kidladi Mirziyoyeva.

AOKA direktorining örinbosari öz sözida davlat organlarining oçiqligi, taşkilotlarning matbuot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari örtasidagi hamjihatlik, AOKAning bu jarayondagi örni, agentlik tomonidan jurnalistlar va blogerlarni himoya qiliş uçun körilayotgan çoralar haqida ham gapirib ötdi.

Saida Mirziyoyeva, şuningdek, Özbekistonda oldin taqiqda bölgan qator xorijiy OAVdan taqiqlar olib taşlangani, xorijlik jurnalistlarni akkreditatsiyalaş soddalaştirilgani, matbuot kotiblarining mavqeyi oşirilib, ularga şaroitlar yaratilayotgani va muntazam malakasini oşirib boriş tizimi joriy etilgani kabi masalalar yuzasidan ham ma'lumot berdi.