Farğonalik paxtakorlar mamlakatda birinçi bölib, joriy yilgi paxta topşiriş şartnomaviy rejani bajardi. Viloyatda 12 oktabr holatiga köra 238 ming 600 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi.

Qayd etilişiça, Farğona viloyatining Yozyovon, Qöştepa va Rişton tumanlari 15 iş kunida davlatga paxta sotiş şartnomaviy rejasini respublikada birinçi bölib bajargandi. Şuningdek, Toşloq, Furqat, Uçköprik, Buvayda tumanlari ham paxta xirmoniga munosib hissa qöşişdi. Bugun, 13 oktabr holatiga köra davlatga topşirilgan paxta miqdori 239 ming tonnadan ortib ketgan.

Farğonaliklar mavsum yakuniga qadar hosildorlikni 34-35 sentnerga yetkazişni rejalaştirgan.

Ayni vaqtda vodiyning yana bir viloyati - Andijon viloyati şartnomaviy rejani bajariş borasida ikkinçi örinda ketmoqda - andijonlik paxtakorlar şu vaqtgaça davlatga 227 ming 102 tonna paxta topşirişgan (94,31 foiz). Uçinçi örinda esa Qoraqalpoğiston Respublikasi paxtakorlari joylaşgan - 159 ming 9 tonna (86,32 foiz).

Öz navbatida Jizzax (66 ming 80 tonna, 31,68 foiz), Samarqand (60 ming 256 tonna, 29,39 foiz) va Navoiy viloyatlari (21 ming 838 tonna, 23,08 foiz) sönggi örinlarda bormoqda.

Respublika böyiça bu mavsumda 2 million 958 ming tonna paxta hosili terib oliş rejalaştirilgan.