2008 yilgi Olimpiya öyinlari ğolibi uçun berilgan va Artur Taymazovdan olib qöyilgan oltin medal 120 kilogrammgaça bölgan vazndagi rossiyalik erkin kuraşçi Baxtiyor Ahmedovga beriladi. Bu haqda Rossiya Olimpiya qömitasi xabar qilgan.

Ötgan yili Birlaşgan kuraş taşkiloti (UWW) Ahmedovni 120 kilogrammgaça bölgan vaznda erkin kuraş böyiça 2008 yilgi olimpiya çempioni deb e'lon qildi. Bu Artur Taymazov doping-namunasidagi qayta tekşiruvda taqiqlangan preparatlar topilgani tufayli çetlatilganidan söng yuz berdi.

Foto: TASS/Grigoriy Sysoyev

«2 dekabr kuni Krilatskiydagi «Dinamo» sport saroyida 2008 yil Pekinda bölib ötgan Öyinlarning oltin medalini erkin kuraş böyiça 120 kilogrammgaça vazndagi rossiyalik sportçi Baxtiyor Ahmedovga tantanali topşiriş marosimi ötkaziladi. U 2008 yilgi Öyinlar olimpiya medallarining qayta taqsimlanişi asosida sportçimizga berildi», - deyiladi Rossiya Olimpiya qömitasi xabarida.

Tadbirda Rossiya Olimpiya qömitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov, Xalqaro olimpiya qömitasi a'zosi Şamil Tarpişçev va boşqa rasmiy şaxslarning iştirok etişi rejalaştirilmoqda.

Artur Taymazov: Sportçilar taqdirini umrida maşq qilmaganlar hal qilmoqda