O‘zbekiston | 18:35 / 14.10.2019
14004
2 daqiqa o‘qiladi

2021 yildan boshlab g‘allani erkin narxlarda sotish tizimi joriy etiladi

Foto: REUTERS

Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorlari tomonidan barcha aholi punktlaridagi chakana savdo shoxobchalarida un va qolipli nonning iste'molchilarga uzluksiz yetkazib berilishi ustidan kunlik qat'iy nazorat o‘rnatilishi hamda 2020 yil 1 yanvargacha har haftada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma'lumotlar kiritib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil 1 yanvardan boshlab, donni qayta ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan un hajmlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni har chorakdan keyingi oyning 20-sanasiga kadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligiga taqdim etib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tijorat banklari bilan birgalikda 2021 yil g‘alla hosilini moliyalashtirishda qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga imtiyozli kreditlar ajratish tizimini takomillashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur tahlil qilgan holda 2021 yil hosilidan boshlab bozorda shakllangan talab va taklif asosida qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan g‘allani erkin narxlarda sotish tizimini joriy etadi.

Mavzuga oid