Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov va Mavlut Chovusho‘g‘li O‘zbekiston - Turkiya hamkorligini muhokama qildi
2019 yilning 13 oktabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Boku shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, vazirlar O‘zbekistonning Turkiy kengashda to‘la huquqli ishtiroki yuzasidan bir-birlarini samimiy tabrikladilar va bu tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik salohiyatini keskin oshirishiga ishonch bildirdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorligining dolzarb masalalari, uni aniq yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida ko‘p qirrali hamkorlikni ikki tomonlama hamda Turkiy kengash shaklida yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026