Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan turkiyalik harbiylarning Suriyadagi vazifasi nimadan iborat ekani haqida gapirdi. Bu haqda TASS naşri xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, Suriya hukumati terrorizmga qarşi yetarliça kuraş olib bora olmaydi.
Erdöğan Suriya prezidenti Başar Asad boşqaruvidagi rejim terrorçilarga qarşi tura olmasligi, şu tufayli bu iş bilan turk harbiylari şuğullanişini ta'kidlagan.
U şuningdek, Ğarb davlatlarining Turkiya Suriyada «Tinçlik buloği» amaliyoti ötkazişiga nisbatan bildirayotgan e'tirozlariga javob qaytargan.
Turkiya rahbari heç kim Anqaraga tahdid qilib, uni çekintira olmasligini eslatib ötgan.
«Tinçlik buloği» amaliyoti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 9 oktabr kuni Suriya şimolida Kurdiston işçilar partiyasi va IŞID jangarilariga qarşi harbiy amaliyot boşlanganini e'lon qildi.
Turkiyaliklar yetakçisi bu amaliyotning asosiy uç maqsadini keltirgan: janubiy çegaralarni terrorçilardan tozalaş, Suriya hududiy yaxlitligini himoya qiliş va şu vaqtgaça Turkiya hududida yaşab kelayotgan suriyalik qoçqinlarni joylaştiriş uçun «xavfsiz hudud» barpo etiş.
Şu kunlarda Vaşington Suriyadan öz harbiylarini olib ketişi haqida e'lon qilgaç, Turkiya aviatsiyasi Suriyaning çegara hududidagi Ras-al-Ayn va boşqa şaharlariga havo zarbalari berişni boşladi. Sönggi ma'lumotlarga köra, turkiyalik harbiylar tomonidan öldirilgan kurd harbiylari soni 500 nafarga yaqinni taşkil qilmoqda.
Suriya hukumati rasmiy Anqarani Suriya şimolida amaliyot boşlagani uçun qoralamoqda. Xalqaro hamjamiyat Turkiyadan harbiy harakatlarni töxtatişni talab etmoqda.

















