«Özbekkonsert» sönggi paytlarda ayrim san'atkorlar özboşimçalik bilan iş tutib kelayotgani sabab, ularning yuriş-turişi, kiyiniş madaniyati, sözlaşuvi, ya'ni muomala madaniyatida milliy özligimizga yot bölgan holatlar yaqqol közga taşlanib qolayotgani yuzasidan rasmiy bildiriş berdi.
Qayd etilişiça, xonandalarda xulq odobi birlamçi bölmas ekan, har qanday iste'dod va mahoratli ijro ham ikkinçi darajali bölib qolaveradi. Xonandalar xalq nazaridagi inson bölgani bois ularga ayniqsa, yoşlar ergaşadi, andaza oladi. Ularning har bir xatti-harakati el nazarida böladi.
«Keyingi paytlarda Jahongir Otajonov ana şunday mas'uliyatni biroz unutib qöydi, desak xato bölmaydi.
Joriy yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonov tomonidan san'atkor odobiga, milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga töğri kelmaydigan nomunosib harakatlar orqali keng ommaning muborak Ramazon oyida ğaşiga tegiş hollari kuzatilgandi. Bu şunçaki özini köz-köz qiliş maqsadidami yoki boşqa maqsaddami, baribir ijtimoiy tarmoqlardagi bunday köriniş yoşlar orasida, jamoatçilik örtasida san'at ahli töğrisida salbiy fikr uyğotmasdan qolmagan edi.
2019 yil 9 oktabr kuni «Özbekiston» telekanali orqali efirga uzatilgan «Munosabat» tok-şousida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senati Kengaşlarining 2019 yil 14 sentabr kuni «Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qöşma qarori ijrosi muhokamasi davomida studiya monitorida töylardan olingan ayrim lavhalar muhokama qilindi. Bu lavhada xonanda Jahongir Otajonov bilan boğliq tasvirlar ham aks etib, iştirokçilar bunga salbiy munosabatlarini bildirişdi», - deyiladi bildirişda.
Ta'kidlanişiça, xonanda Jahongir Otajonov jamoatçilik e'tirozidan töğri xulosa çiqariş örniga ijtimoiy tarmoq orqali çiqiş qilib, turli fikrlar bildirdi. Xonandaning uşbu çiqişi ijtimoiy tarmoq orqali yoşlar orasida va jamoatçilik örtasida salbiy fikr uyğotmasdan qolmadi.
«Xonanda özining ma'naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bölgan bu kabi nomunosib harakatlari orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-şartlarini muntazam ravişda buzib kelmoqda», - deyiladi ma'lumotda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, lisenziat Jahongir Otajonov bilan tuzilgan litsenziya bitimida mavjud talablar va şartlar muntazam ravişda buzilganligini inobatga olib, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Otajonov Jahongir Saparboyeviç nomiga konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun berilgan AA-seriyali, 7422-son litsenziyaning amal qilişi 2019 yil 14 oktabr kunidan tugatildi.

















