OTB DXSh orqali yangi maktablarni qurishga qo‘shimcha investitsiyalar jalb etishda yordam beradi

Foto: Getty Images
Xalq ta'limi vazirligida Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Sindi Malvichini boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar mamlakatda yangi maktablar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat-xususiy sherikchilik loyihasini ishlab chiqishni muhokama qildi. Mazkur loyiha doirasida xususiy sherikchilik (investorlar) hisobiga davlat maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda saqlash ishlari amalga oshiriladi.
Xalq ta'limi vazirligining Maktablarning istiqbolli modellari va davlat-xususiy sherikchilik boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Sa'dullayev loyiha haqida quyidagilarni ta'kidlab o‘tdi:
- Ayni paytda loyihani ishlab chiqish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, davlat budjetiga qo‘shimcha xarajat yuklamay, yanada ko‘proq maktablarni qurish va ta'mirlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Xususiy sheriklar to‘lovlarni olishi uchun, eng avvalo, binolarni qurish, ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirib, ma'lum shartlarni bajarishi kerak bo‘ladi.
Ushbu loyihada davlat maktablarining xususiy investorlarga topshirilishi yoki pullik bo‘lishi ko‘zda tutilmagan. Loyiha doirasida sarmoyadorlar faqatgina infratuzilmani yaratish uchun jalb qilinadi. Xalq ta'limi vazirligi sifatli ta'lim xizmatlarini ta'minlaydi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosi hamda huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish uchun xorijlik maslahatchilarni jalb etish masalasini ko‘rib chiqdi. Shu bilan birga, umumta'lim maktablarining qurilishi, rekonstruksiyasi va loyihaning amalga oshiriladigan navbatdagi bosqichlari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuvda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori va moliya vaziri o‘rinbosari G‘olib Xoljigitov ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
-
Hududlarda yer maydonlari bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
O‘zbekiston | 13:48
-
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston | 13:26
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025