AQŞ Suriyadan yana ming nafarga yaqin harbiy xizmatçisini olib çiqadi. Bu haqda CBS efirida Pentagon rahbari Mark Esper ma'lum qildi.

«Sönggi 24 soat davomida biz Turkiya janubga tomon hujumini davom ettiriş niyatida ekanini angladik. Ular rejadagidan ham içkariroqqa kirişmoqçi.  Bu holatda biz ikki tomondan armiyalar hujumiga uçraş xavfi ostida qolişimiz mumkin», degan Esper.

Uning sözlariga köra, amerikalik harbiylar bu «qörqinçli vaziyat»da bu yerda bölmasligi kerak, bu harbiylarni «ongli ravişda olib çiqiş»dir.

Esper AQŞning ittifoqçilari bölgan «Suriya demokratik ittifoqi» kuçlari Turkiya harbiylariga javob qaytariş uçun Suriya hukumati va Rossiya harbiylari bilan kelişmoqçi bölayotganini qöşimça qilgan.

Ammo Pentagon rahbari gap qanday kelişuv haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Turklar Suriyaga kirişidan oldinroq  «Suriya demokratik kuçlari» (SDF) qömondoni Mazlum Abdi turklarga qarşi kuraşda Suriya arab respublikasi prezidenti Başar Asad bilan ittifoq tuzilişi mumkinligini istisno etmagandi.

Suriya davlat televideniyesi ma'lumotiga köra, amerikalik harbiylar Raqqa provinsiyasi şimolidagi al-Jalabiyya bazasidan evakuatsiya qilinadi.

Avvalroq turkiya harbiylari Kobani yaqinida amerikalik harbiylarni ataylab öqqa tutgani ma'lum qilingandi. The Washington Post naşri buni amerikaliklarga çegaradan Suriyaning içkariroğiga çekiniş kerakligiga işora deb atagan. 

«Tinçlik buloği» amaliyoti

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 9 oktabr kuni Suriya şimolida Kurdiston işçilar partiyasi va IŞID jangarilariga qarşi harbiy amaliyot boşlanganini e'lon qildi.

Turkiyaliklar yetakçisi bu amaliyotning asosiy uç maqsadini keltirgan: janubiy çegaralarni terrorçilardan tozalaş, Suriya hududiy yaxlitligini himoya qiliş va şu vaqtgaça Turkiya hududida yaşab kelayotgan suriyalik qoçqinlarni joylaştiriş uçun «xavfsiz hudud» barpo etiş.

Şu kunlarda Vaşington Suriyadan öz harbiylarini olib ketişi haqida e'lon qilgaç, Turkiya aviatsiyasi Suriyaning çegara hududidagi Ras-al-Ayn va boşqa şaharlariga havo zarbalari berişni boşladi. Sönggi ma'lumotlarga köra, turkiyalik harbiylar tomonidan öldirilgan kurd harbiylari soni 500 nafarga yaqinni taşkil qilmoqda.

Suriya hukumati rasmiy Anqarani Suriya şimolida amaliyot boşlagani uçun qoralamoqda. Xalqaro hamjamiyat Turkiyadan harbiy harakatlarni töxtatişni talab etmoqda.