Livanning al-Mayadeen telekanali xabariga köra, duşanba kuni Suriya armiyasi Raqqa viloyatidagi avval kurdlar nazoratida bölgan Tabka şahriga kirib, şimol tomonga qarab harakatlanmoqda.
«Suriya hukumat armiyasi Raqqa viloyati ğarbidagi Tabka şahriga kirib, şimol tomon harakatlanmoqda», - deb xabar beradi kanal.
Suriya ma'muriyati bu borada hozirça rasmiy bayonot bermadi.
Yakşanba kuni Suriya şimoli-şarqidagi muxtor ma'muriyat Suriya hukumati bilan Turkiya armiyasi va turkparast guruhlarning hujumini qaytarişda yordam beriş uçun Suriya qöşinlarini butun Suriya-Turkiya çegarasi böylab joylaştiriş töğrisida kelişuvga erişganini e'lon qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 9 oktabr kuni Suriya şimolida «Tinçlik buloği» amaliyoti boşlangani haqida ma'lum qildi, u Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi va IŞID terrorçilik guruhiga qarşi qaratilgani aytiladi. Şu kuni Turkiya aviatsiyasi ikki mamlakat çegarasidagi Ras al-Ayn şahriga va Suriyaning boşqa bir qator şaharlariga zarbalar berdi.
Keyinçalik amaliyotning yer usti qismi boşlanganligi e'lon qilindi. 12 oktabr, şanba kuni, Turkiya Mudofaa vazirligi Turkiya harbiylari va Suriya qurolli muxolifati tomonidan Ras al-Ayn şahri, yakşanba kuni esa Anadolu agentligi Tell-Abyad şahri nazorat ostiga olinganini xabar berdi.


















