Bungaça Suriya armiyasi töğridan-töğri ziddiyatga kirişmay turgandi.

Turkiya esa kurdlarni Suriya şimolidagi örinlaridan surib taşlaşni maqsad qilgan holda amaliyot ötkazmoqda. Turkiya hukumati Suriya şimolidagi kurdlarni Turkiya hududida terrorçilik faoliyati bilan şuğullanuvçi Kurdiston işçi partiyasi bilan aloqadorlikda gumon qiladi. Şu vaqtgaça Suriyadagi kurdlar AQŞning IŞIDga qarşi kuraşdagi asosiy ittifoqçisi bölib kelgandi, ammo AQŞ prezidenti Donald Tramp ötgan hafta Suriya şimoli-şarqidan amerikalik harbiylar olib çiqilişini ma'lum qildi.

Ayrim ma'lumotlarga köra, Trampning bu boradagi qarori hatto prezident ma'muriyati bilan kelişilmagan holda qabul qilingan. Bu qaror ham demokratlar tomonidan, ham respublikaçilar tomonidan tanqid qilinmoqda, kurdlar esa bu qarorni «orqadan piçoq uriş» deb baholaşdi.

Suriya qöşinlari mamlakat şimoliga taşlanişi haqida davlat agentligi hisoblangan SANA xabar qildi. «Suriya armiyasi bölinmalari turk agressiyasiga qarşi turiş uçun mamlakat şimoliga tomon harakatlanmoqda», deyiladi rasmiy xabarda.

Kurd muxolifati yetakçilarining sözlariga köra, hukumat qöşinlari mamlakat şimolida «Turkiya agressiyasi»ni qaytarişga yordam beriş uçun Suriya-Turkiya çegarasi böylab joylaştiriladi.

Foto: REUTERS/Stringer/File Photo

12 oktabr kuni kurd generallaridan biri Mazlum Kobani Abdi AQŞga murojaat qilib, agar öz harbiylarini bu hududdan olib ketadigan bölsa, kurdlar «Rossiya bilan kelişuv tuziş»ga harakat qilişi haqida ma'lum qilgandi.

«Siz xalqimizni himoya qila olasizmi, bu aviazarbalarni töxtata olasizmi, şuni biliş qiziq. Agar bunga qodir bölmasangiz, men Suriya hukumati va Rossiya bilan kelişuv tuzişim kerak böladi, bu yerga ularning samolyotlarini bizni himoya qilişlari uçun taklif qilaman», degan u.

Yakşanba kuni Reyter agentligi kurdlarning yetakçilari va Asad hukumati vakillari rossiyaliklar aviatsiyasi joylaştirilgan Xmeymim bazasida muzokara ötkazgani haqida xabar tarqatdi.

Al Mayadeen telekanali yakşanba kuni Suriya armiyasi yaqin vaqtlar içida kurdlar yaşaydigan Manbij va Kobani şaharlarida nazorat örnatişi kutilayotganini ma'lum qildi. Suriya armiyasining şimolga jönatilgan harbiylari miqdori aniq keltirilmadi.