AQŞ prezidenti Donald Tramp Suriya şimoli-şarqida «Tinçlik buloği» deb nomlangan harbiy amaliyot ötkazayotgan Turkiyaga qarşi yirik sanksiyalar qöllaşga tayyorlanayotganini ma'lum qildi.

«Men senator Lindsi Grem va kongressning boşqa köplab a'zolari bilan, jumladan demokratlar bilan Turkiyaga qarşi kuçli sanksiyalar qöllaş ustida iş olib boryapman. Moliya vazirligi iş boşlaşga tayyor, qöşimça qonun talab qilinişi mumkin. Bizda bu borada kelişuv bor. Turkiya bunday qilmaslikni söragan. Kuting!», deya yozgan Tramp tvitterida.

9 sentabr kuni Turkiya Suriya şimolidagi kurdlarni janubga surib taşlaş uçun «Tinçlik buloği» nomini olgan harbiy amaliyot boşlagandi.

Bundan avvalroq Pentagon rahbari Mark Esper Turkiya Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar bilan telefon orqali muloqot çoğida mazkur amaliyotni töxtatişni söragandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan esa jahonning köplab davlatlari talab qilayotganiga qaramay uşbu amaliyot töxtatilmasligini ma'lum qilgan.