Yakşanba kuni Turkiya artilleriyasi tomonidan Suriyadagi asirlar lageriga öt oçilgaç, IŞID jangarilarining oila a'zolari bölgan 758 kişi lagerdan qoçib ketişga muvaffaq böldi. Bu haqda Suriya muxolifatidagi manbasiga tayangan holda  telekanali xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinişiça, turklar Suriya şimolidagi Ayn-Issa lageriga hujum qilgan. Qayd etilişiça, qoçoqlar suriyaliklar emas.

BMT ma'lumotiga köra, Turkiya Suriya şimoli-şarqiga kirganidan tört kun ötgaç, bu harakatlar oqibatida öz uyini tark etgan mahalliy tinç aholi vakillari soni 130 ming nafardan oşgan.

Turkiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 9 oktabr kuni Suriyada «Tinçlik buloği» nomli harbiy amaliyot boşladi. Uning sözlariga köra, bu amaliyotdan maqsad kurd jangarilariga va Suriyaning şimoliy hududlaridagi IŞID jangarilariga qarşi kuraşiş hisoblanadi.

Harbiy amaliyotda Turkiya qurolli kuçlariga rasmiy Anqara tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Suriya milliy armiyasi (Suriya muxolifati) ham hamrohlik qilmoqda.

Turk harbiylari Suriyaning Turkiya bilan çegaradoş şimoliy qismida IŞID terrorçilari va kurdlarning Öz-özini mudofaa qiliş bölinmalari (YPG) jangçilaridan xoli, davomiyligi salkam 500 kilometr va Suriya içkarisiga taxminan 30 kilometr kirib borgan xavfsizlik hududini barpo etib, bu hududga ayni vaqtda Turkiyada yaşayotgan 2 milliondan ortiq suriyalik qoçqinlarni joylaştirişni rejalaştirgan.

Turkiya «Suriya demokratik ittifoqi» (SDF) va Öz-özini mudofaa qiliş bölinmalari (YPG) taşkilotlarini terrorçi taşkilotçilar sifatida biladi va bu guruhlar Turkiya hududida hukumatga qarşi kuraşib keluvçi Kurdiston işçi partiyasi bilan aloqador deb hisoblaydi.

Turkiyaning Suriyaga bostirib kirişi xalqaro hamjamiyatning jiddiy e'tirozlariga sabab bölmoqda.