Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida 15 oktabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining yettinçi sammiti bölib ötdi.

Unda mazkur taşkilotga a'zo mamlakatlar rahbarlari – Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Qozoğiston Respublikasining Birinçi Prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev iştirok etdi. Kuzatuvçi mamlakat sifatida Vengriya boş vaziri Viktor Orban, şuningdek, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Purli Agamurodov anjumanda qatnaşdi.

Ta'kidlaş joizki, Özbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi sammitida ilk bor töla huquqli a'zo sifatida iştirok etdi. Özbekiston uşbu nufuzli xalqaro tuzilmaga joriy yilda qöşildi. 

«Şavkat Mirziyoyev taşqi siyosatda asosiy maqsad, asosiy prinsip Özbekiston manfaati va yana bir bor Özbekiston manfaati ekanini doim ta'kidlaydi. Davlatimiz ana şu qat'iy tamoyillar asosida oçiq, döstona va pragmatik siyosat olib bormoqda. Buning natijasida keyingi yillarda Özbekistonning döstlari, xayrixohlari köpaydi. Qöşni, yaqin va uzoq mamlakatlar bilan mutlaqo yangi – soğlom siyosiy va iqtisodiy aloqalar yölga qöyildi. Xalqaro hamkorlikning yangi yönalişlari, yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. 

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi ana şunday yangi platformalardan biridir. Bu taşkilot 2009 yil 3 oktyabrda Ozarboyjonning Naxiçevan şahrida tuzilgan bölib, dastlab unga Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston va Qirğiziston a'zo edi. 

Keyingi yillarda mazkur davlatlar bilan aloqalar mustahkamlandi. Oliy va yuqori darajadagi taşriflar amalga oşirildi.

Prezidentimiz 2018 yil 3 sentabr kuni Qirğizistonning Çölponota şahrida bölib ötgan sammitda faxriy mehmon sifatida iştirok etdi. Joriy yil 5 oktyabrda Toşkentda Turkiy tilli davlatlar Işbilarmonlar kengaşi majlisi hamda Investitsiya forumi ötkazildi. 

Aloqalar bunday faol rivojlanar ekan, buni huquqiy jihatdan mustahkamlaş ham zarur edi. Joriy yil 14 sentyabrda Özbekiston Respublikasi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan bitimini ratifikatsiya qildi. 

Bu taşkilotning asosiy maqsadi qardoş mamlakatlar örtasida işonç va aloqalarni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantiriş, mintaqada tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş borasidagi sa'y-harakatlarni muvofiqlaştirişdir.