Fransiya yoşlar va sport vaziri Roksana Marasinyanyu UYeFAdan Turkiya terma jamoasini turk futbolçilari Yevro-2020 saralaşi doirasida Fransiyaga qarşi keçgan öyinda namoyiş etgan harbiyçasiga salomlaşiş harakati uçun jazolaşni söradi.
«Fransiya futbol federatsiyasi va politsiya sa'y-harakatlari tufayli öyin vaqtida xavfsizlik ta'minlandi. Turkiyalik futbolçilar sportga xos bölmagan holda harbiyça salomlaşib vaziyatni izdan çiqarişga harakat qilişdi. Men UYeFAdan sanksiya qöllaşni sörayman.
Yevro-2020 saralaşi öz yakuniga yetmagan, ammo Fransiya töğri yölda ketmoqda. Olive Jiruni ajoyib gol bilan tabriklayman, bu gol uni Platiniga yaqinlaştirdi», — deya yozgan Marasinyanyu tvitterdagi sahifasida.
Turkiyalik futbolçilar Suriya hududida kurdlarga qarşi harbiy amaliyot ötkazayotgan Turkiya armiyasini qöllab-quvvatlaş maqsadida terma jamoa öyinlari vaqtida harbiyça salomlaşişmoqda. Avvaliga Yevro-2020 saralaşida Albaniyaga qarşi öyindan (1:0) keyin şunday harakat sodir etgan futbolçilar Fransiyaga qarşi öyindan keyin ham bu harakatni takrorlaşdi.

Bu harakat Turkiya muxlislari joylaşgan fan-sektorda ham kuzatildi.
UYeFA bunday holatlarga tanqidiy yondaşadi. Katta ehtimol bilan, UYeFA Turkiya terma jamoasiga nisbatan axloqiy sanksiyalar qöllaydi.
Turkiya terma jamoasi ayni vaqtda 19 oçko töplagan holda H guruhida birinçi örinni egallab turibdi, şunça oçkoga ega, faqat töplar nisbati körsatkiçi yomonroq bölgan Fransiya ikkinçi örinda bormoqda.
Albaniyaga qarşi öyinning sönggi daqiqalarida ğalaba goli urilgaç, turk futbolçilari tribunadagi muxlislarga qarata harbiyça salom yöllaşdi.

Öyindan keyin kiyim almaştiriş xonasida ham futbolçilar va terma jamoaning boşqa xodimlari bu harakatni takrorlaşdi. Bu surat terma jamoaning tvitterdagi sahifasida joylaştirildi.

Rasmiy akkauntdagi tvitda «ğalaba bizning jasur jangçilarimiz va birodarlarimizga bağişlanadi», deya yozilgandi.

















