Ispaniya oliy sudining 2017 yilda Kataloniya muxtoriyati mustaqilligi böyiça noqonuniy referendum ötkazişga aloqador bölgan kataloniyalik siyosatçilarga jazo hukmi çiqarganidan norozi bölgan namoyişçilar Mataro munitsipalitetida temir yöl uçastkalaridan birini tösib qöyişdi. Bu haqda Periodico gazetasi xabar berdi.
Duşanba kuni Ispaniya oliy sudi 12 nafar kataloniyalik siyosatçini aybdor deb topdi. Ulardan töqqiz nafari isyon kötarişga aloqadorlikda ayblanib 9 yildan 13 yilgaça ozodlikdan mahrum qilindi. Buning ortidan Kataloniyada norozilik namoyişlari boşlanib ketdi. Muxtoriyat mustaqilligi tarafdorlari Barselona, Tarragona, Jirona va boşqa şaharlar köçalariga çiqişdi.
Periodico naşrining ma'lumot berişiça, mustaqillik tarafdori bölgan CDR harakati a'zolari Mataro-Barselona temir yöl uçastkasini tösib qöyişi oqibatida poyezdlar qatnovi töxtatilgan.
Şuningdek, Barselona-Jirona yönalişidagi temir yöllarga şikast yetgani uçun harakatlaniş tiklanmagan.
Xabar qilinişiça, Barselonaga eltuvçi avtomagistrallarda ham qatnov qiyinlaşgan bölib, yöllarda bir neça kilometrlik tirbandliklar kuzatilmoqda.

















