Ispaniya oliy sudi 14 oktyabrda 2017 yil 1 oktyabrda Kataloniya muxtoriyati mustaqilligi böyiça noqonuniy referendum ötkazişga aloqador bölgan kataloniyalik siyosatçilarga jazo hukmi çiqardi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. 

Uşbu iş böyiça sudlangan 12 kişidan bir qismi isyon kötarişga undaş va davlat pulini xarjlab yuboriş böyiça aybdor deb topilgan. Jumladan, muxtoriyat hukumati rahbarining sobiq örinbosari Oriol Junkeras 13 yillik qamoq jazosi oldi.

Şuningdek, Kataloniya milliy assambleyasining sobiq yetakçisi Jordi Sançes va “Omnium kultural” taşkiloti raisi Jordi Kuişart 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Muxtoriyat parlamentining sobiq spikeri Karme Forkadel 11 yil 6 oylik qamoq jazosiga tortilgan. Bundan taşqari, sudlanganlarga turli davr davomida davlat lavozimlarini egallaş taqiqlangan. 

Öz navbatida, muxtoriyat hukumatining sobiq rahbari Karles Puçdemon hukmni dahşat deb atagan.

“Umumiy hisobda 100 yillik qamoq jazosi. Qanday dahşat”, deb yozgan Puçdemon tvitterda. “Öğillarimiz va qizlarimizning kelajagi uçun bunga munosabat bildiriş kerak. Demokratiya uçun, Yevropa uçun. Kataloniya uçun”, deb qöşimça qilgan Puçdemon.

Bu orada Kataloniyada norozilik namoyişlari boşlanib ketdi. Muxtoriyat mustaqilligi tarafdorlari Barselona, Tarragona, Jirona va boşqa şaharlar köçalariga çiqişgan. 

Tartibsizliklar sababli Ispaniya içki işlar vazirligi muxtoriyatda huquq-tartibot xodimlari sonini köpaytirgan.