Assalomu alaykum, azizlar. Yurtimizda bayram, katta bayram. Keça Rossiyadan mustaqil bölib çiqqanimizning 34 yilligini nişonladik. Men sizlarni bayram bilan tabriklab, mustaqillik haqida öz mulohazalarimni bildirişni istadim.
«SSSR payti yaxşi emasdi»
Hozir aytmoqçi bölayotgan gapimni ança yillardan beri öylab kelaman. Bu borada juda köp odam bilan tortişgan, hatto janjallaşganman. Yoş yigit vaqtimdan buyon yuragimga yomon botadigan bir gap bor: «SSSR vaqtida yaxşi edi». «Gugurt bir tiyin edi, non falon tiyin edi, hamma işlardi, falon edi, piston edi...». Va mening yoş tafakkurimda bir fikr aylanardiki, bu misollarning heç biridan ta’sirlanmasdim: axir bizning millatni, qanday darajadagi millat bölsak ham, boşqa bir millat boşqargan-ku! Bizga paxta ektirişgan, topganimizni «markaz»ga taşişgan, had hisobsiz boyliklarimizni talab, odamlarimizni robot-işçiga aylantirişgan – hammasi partiya uçun!
Köp gapiriş şart emas, hozir Özbekiston SSR madhiyasining dastlabki ikki satrini öqiş kifoya:
«Assalom, rus xalqi, buyuk oğamiz,
Assalom, dohimiz Stalin».
Ha, azizlar, SSSR davrida özbeklar kunni Abdulla Qodiriy kabi millatning eng yetuk vakillarini qatağon qilgan Iosif Jugoşvilliga salom beriş bilan boşlagan! Bu dahşat emasmi? Dahşat! Şaxsan men bundan yomon narsani tasavvur ham qilolmayman.
Ha, bizning davlatda muammolar bor, köp muammo bor. Axir Özbekiston katta davlat, yaqinda 38 million böldik. Köpning muammosi köp böladi. Lekin biz muammolarimizni özimiz hal qilamiz. Davlat bizniki, muammo ham bizniki. Boşqa biror davlat tepamizda qamçi öynatib turişi şart emas.
Taqqos
Bilasizmi, «SSSR payti yaxşi edi» deydigan odamlarning ba’zi iddaolariga javob beriş qiyin. Masalan, ittifoq davrida köp qişloqlarda klub, kutubxona, çoyxona, madaniyat markazi va kiçikroq xotira maydoni körinişidagi boğlar ham bor edi, hozir qişloqlarda nima bor, deb söraşadi ular. Çindan öylab qolaman. Mustaqillikning dastlabki yillarida ham qişloqlarda ijtimoiy obektlarga közimiz tuşardi, hozir esa ularning deyarli barçasi vijdonga qöşib sotib yuborilgan.
Yoki bölmasa, ittifoq payti köpçilik işlardi, hozir köpçilik bekor, deydi boyagi opponentlar. Bu borada ham tortişiş qiyin, çindan bizda iş örinlari asosan qoğozlarda yaratilmoqda.
















