Samarqand viloyati Iştixon tumanidagi Oqdaryo daryosi uzra tuşgan köprik qurilganiga 50 yil bölmoqda. 1969 yilda barpo etilgan bu köprik tuman markazi Iştixon şahrini Mitan şaharçasi bilan boğlaydi.

Ayni kunlarda yarim asr muqaddam öşa vaqtdagi ehtiyojdan kelib çiqib barpo etilgan köprik torligi va juda eskirgani tufayli bugungi kun talablariga javob bermay qolgan.

Avariya holatiga kelib qolgan köprikdan oğir yukli yuk maşinalari ötişi taqiqlab qöyilgan, biroq yuk maşinalari yuksiz ötganida ham köprik çayqalib, tebranib turadi.

Hozir eski köprik yonidan Oqdaryo uzra yangi köprik barpo etilmoqda. U kengroq — tört polosali böladi. Biroq quriliş işlari töxtab qolgan. Çunki köprik qurilişi uçun zarur quriliş materiallari yetkazişda uzilişlar röy bermoqda.

Iştixon tuman hokimi Şuhrat Negmatovga bu borada murojaat qilganimizda, quriliş uçun zarur mablağlar ajratilgani, biroq aynan quriliş materiallari öz vaqtida yetkazib berilmayotgani sababli quriliş-montaj işlari oqsayotganini aytib ötdi.

Iştixonliklar esa hozirça eski köprikdan yurak hovuçlab foydalanişmoqda. Ular yangi köprik tezroq işga tuşişini orziqib kutişmoqda.

Çindan ham, qişning qirovli va yoğinli kunlariga qoldirmasdan yangi köprikni işga tuşiriş kerak. Toki, eski köprikda biror kor-hol röy bermasdan.

Şuhrat ŞOKIRJONOV, Kun.uz muxbiri,
Faxriddin HOTAMOV, tasvirçi.