Rossiya mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Manbij şahriga kirgani haqida xabar berdi.
Avvalroq prezident Başar Asadga böysunuvçi Suriya armiyasi Manbijni töliq egallagani ma'lum qilingan.
Manbijda amerikaliklar ikkita harbiy bazani qoldirişgan.
Amerikalik harbiylarning şaharni tark etgani haqidagi ma'lumotni AQŞ koalitsiyasi maxsus vakili polkovnik Mayls Kaggins tasdiqlagan.
“Koalitsiya kuçlari Suriyaning şimoli-şarqini töliq tark etmoqdalar. Biz Manbijdan ketdik”, deb yozgan Kaggins tvitterda.
Ijtimoiy tarmoqlarda AQŞning Manbijdagi bazasida ekanligini ta'kidlayotgan rusiyzabon foydalanuvçilar videosi tarqala boşlagan.
13 oktyabrda Vaşingtonning Suriyaning Turkiya qöşinlari kirib borgan hududidan qöşinlarini olib çiqiş qaroridan keyin kurd otryadlari Asad hukumati bilan kelişuvga kelgani ma'lum bölgandi. Rossiya öziga qaraşli Hmaymim bazasida olib borilgan muzokaralarga vositaçilik qilgan.
«Tinçlik buloği» amaliyoti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 9 oktabr kuni Suriya şimolida Kurdiston işçilar partiyasi va IŞID jangarilariga qarşi harbiy amaliyot boşlanganini e'lon qildi.
Turkiyaliklar yetakçisi bu amaliyotning asosiy uç maqsadini keltirgan: janubiy çegaralarni terrorçilardan tozalaş, Suriya hududiy yaxlitligini himoya qiliş va şu vaqtgaça Turkiya hududida yaşab kelayotgan suriyalik qoçqinlarni joylaştiriş uçun «xavfsiz hudud» barpo etiş.
Şu kunlarda Vaşington Suriyadan öz harbiylarini olib ketişi haqida e'lon qilgaç, Turkiya aviatsiyasi Suriyaning çegara hududidagi Ras-al-Ayn va boşqa şaharlariga havo zarbalari berişni boşladi. Sönggi ma'lumotlarga köra, turkiyalik harbiylar tomonidan öldirilgan kurd harbiylari soni 500 nafarga yaqinni taşkil qilmoqda.
Suriya hukumati rasmiy Anqarani Suriya şimolida amaliyot boşlagani uçun qoralamoqda. Xalqaro hamjamiyat Turkiyadan harbiy harakatlarni töxtatişni talab etmoqda.


















