Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandning Forobiy mahallasida suv toshqinidan o‘nga yaqin xonadon jiddiy zarar ko‘rdi - fotolar

15 oktabr kechki paytda Samarqand shahrining Forobiy mahallasidagi o‘nga yaqin xonadonlar toshib ketgan suvni bartaraf etish bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. Suv ayrim uylarning eshik va darvozalaridan kirib borgan bo‘lsa, yana ayrimlarining yerto‘lasidan toshib chiqqan.
Bir qator uylar avariya holatiga kelib qolgan. Uylarga tonnalab suv kirmoqda — odamlar uni chelaklab tashqariga tashimoqda. Kun.uz ijodiy jamoasi voqea joyiga yetib borganida ana shunday holatga duch keldi.




Suvni bartaraf etishda aholiga yordam berish maqsadida voqea joyiga viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 20 nafar xodimi va 4 ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb etilgan. O‘t o‘chirish mashinalari yordamida xonadonlarga xavf keltirayotgan suv tortib olib ko‘chaga chiqarilmoqda. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bir necha xodimlari esa suv toshishiga sabab bo‘lgan ariqdagi chiqindilarni tozalash bilan band.





Viloyat YoXB xodimlarining ma'lum qilishicha, suv toshgani haqidagi xabar soat 18:15 da kelgan. Maxsus guruh va texnikalar yetib kelib ishni boshlagach, suv toshqini sababi o‘rganilgan. Bizga ma'lum qilishlaricha, Samarqand shahridagi Mikrorayon hududida joylashgan suv inshootining katta miqdorda suvni chiqarib yuborishi ana shu oqibatni keltirib chiqargan. Katta miqdordagi suvning chiqindi sabab bo‘lib ariqda to‘planishi toshqinni yuzaga keltirgan. YoXB xodimlari suv inshootiga borib vaziyatni ma'lum qilgan va suv to‘xtatilgach ham oradagi masofa 9 kilometr bo‘lgani uchun bir necha soat davomida suv kelib turgan.

Aholi avariya oqibatida ko‘rgan zarar o‘rnini qoplashda mahalliy hokimlikdan ko‘mak so‘ramoqchi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
21:00 / 07.05.2026
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi
09:15 / 04.05.2026