«Rostov» hujumçisi Eldor Şomurodovning vakili Qahhor Möminov futbolçining Yevropa top-klublariga ötiş imkoniyatlariga baho berdi.

«Transfermarkt portali Eldorning «Rostov»ga ötganida 750 ming yevro tölanganini yozdi. Ammo unday emas. «Rostov» Eldor uçun karrasiga kam tölagan.

Hozir u eng yaxşi töpurar, yaqinda şartnomani uzaytirdi. Şu tufayli bugungi kunda transfer qiymati ham özgaça bölişi kerak. Umuman olganda futbolçi uçun qança taklif qilinsa, demak uning narxi şunça böladi.

«Ştutgart» 10 million yevro atrofida, TsSKA ham şunga yaqin qiymatni taklif qildi. «Rostov» bu masalaga qişda qaytişini bildirdi. Ammo mavsum örtasida bu oson bölmaydi.

Eldor va uning oilasi bilan gaplaşdim. Yozda top-klublardan munosib taklif tuşsa, transferni talab qilamiz. «Rostov» bilan şartnoma imzolaganimizda aynan şu haqda kelişib olganmiz», – deb Möminov sözlarini keltirmoqda Rossiyaning Sport sayti.

Eldor Şomurodov Rossiya çempionatining joriy mavsumida «Rostov» safida 12 uçraşuvda 10ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. U ayni vaqtda RPLning eng yaxşi töpurari bölib turibdi. U şuningdek, Özbekiston terma jamoasi safida sönggi 6 öyinida 6 gol urişga erişgan va terma jamoa tarixidagi eng yaxşi töpurarlar qatoriga kirgan - 16 gol. 

Avvalroq Şomurodovga Germaniyaning «Şalke-04» klubi qiziqiş bildirayotgani töğrisida xabarlar tarqalgandi.