Jahon | 01:55 / 17.10.2019
26439
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik ayol 75 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirib, rekordchiga aylandi

Ayol homiladorlikning 7-oyida qiz farzand dunyoga keltirdi. Chaqaloqning og‘irligi 700 grammni tashkil qilgan. Shifokorlar homilani kesarcha kesish orqali chiqarib olishgan, chunki uning bachadonda qolishi hayoti uchun xavfli bo‘lgan. 

Foto: Caters News Agency

Hindistonning Rajaston shtatida yashovchi Prabxa Devi ismli keksa ayol 75 yoshida ilk bor ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi. 

Chaqaloqning otasi esa 80 yoshda.

Ayol homiladorlikning 7-oyida qiz farzand dunyoga keltirdi. Chaqaloqning og‘irligi 700 grammni tashkil qilgan. Shifokorlar homilani kesarcha kesish orqali chiqarib olishgan, chunki uning bachadonda qolishi hayoti uchun xavfli bo‘lgan. 

“Homiladorlik vaqtida asoratlar aniqlandi, shu sababli kesarcha kesish o‘tkazdik. Biz ona va bolaning hayotini xatarga qo‘ya olmasdik”, deb aytgan akusher Abxilasha Kinker.

Chaqaloq jadal davolanish bo‘limiga joylashtirilgan. U zarur vaznni to‘plamaguncha shifokorlar nazoratida bo‘ladi.

Ayol tabiiy yo‘l bilan homilador bo‘lishga bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin sun'iy urug‘lantirish yordamida homilador bo‘lgan. Uni na yoshi, na sog‘lig‘idagi jiddiy muammolar (bir o‘pkasi yo‘q bo‘lgan) to‘xtatgan. Juftlikning asrandi farzandi bo‘lgan, biroq ular o‘z farzandlari bo‘lishini istashgan.

Ta'kidlash joiz, Prabxa Devi ilk bor ona bo‘lgan dunyodagi eng keksa ayolga aylandi. U sentyabrda 74 yoshida ilk bor ona bo‘lgan hamyurtining rekordini bir oy o‘tar-o‘tmas yangiladi.

Mavzuga oid