Prezident Denovdagi harbiy qismda harbiy xizmatchilarning o‘quv faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Denov tumanidagi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda bo‘ldi.
Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi barcha harbiy qism va muassasalarining shtat turkumlari, shaxsiy tarkibi tubdan takomillashtirilmoqda.
Mazkur harbiy qism ham 2018 yildan aralash harbiy qism tarkibida faoliyat yuritmoqda. Bu yerda muddatli harbiy xizmatchilar 21 yo‘nalishda mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi.
Qismda harbiy xizmatchilar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Jumladan, bir vaqtning o‘zida 500 nafardan ortiq harbiy xizmatchi amaliy va nazariy mashg‘ulot o‘tash imkoni mavjud 3 qavatli o‘quv binosi, 6ta yotoqxona, zamonaviy sport majmuasi, oshxona qurildi.
Prezident ilgari surgan 5ta tashabbus asosida mazkur harbiy qismda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Tanishuv chog‘ida shu haqda ma'lumot berildi. Xususan, o‘quv binolaridagi kompyuter xonalari, elektron kutubxonada harbiylarning zamonaviy bilim va ilg‘or ko‘nikmalarni egallashi, o‘z ustida muntazam ishlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.
Mudofaa vazirligi va viloyat harbiy-ma'muriy sektori tomonidan harbiy xizmatchilarning oila a'zolariga shart-sharoit yaratish maqsadida joriy yilda qism hududidagi harbiy shaharchada 64 xonadonli 4ta ko‘p qavatli uy, nodavlat bitta maktabgacha ta'lim muassasasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Davlat rahbari harbiy qismdagi sharoitlar, yangi tashkil topgan bo‘linmalar, askar va harbiy xizmatchilarning o‘quv faoliyati bilan tanishdi.
Saf maydonida Oliy Bosh Qo‘mondonga muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar namoyish etildi. Prezident harbiy texnika va qurol-aslahalar namunalarini ko‘zdan kechirdi.
Harbiylar bilan muloqotda prezidentga Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarni zamonaviy texnika va qurol-aslaha bilan ta'minlash, qo‘shinlarning boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish, mazkur qismda jangovar va o‘quv-tayyorgarlik jarayonini avtomatlashtirishga doir loyihalar haqida ma'lumot berildi.
«Harbiylar xalqimizning ma'naviy yetuk farzandlari bo‘lishi kerak. Buning uchun shaxsiy tarkibning ma'naviy yetukligini, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini yuksaltirish lozim. Siz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimiz vorislari ekanligingizni doim his qilib, shunga munosib xizmat qilsangiz, yoshlarimiz vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg‘ularini sizlardan o‘rganadi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident askar va ofitserlarning jangovar shayligini oshirish, yashash va dam olish sharoitini yaxshilash, ularni uy-joy bilan ta'minlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish lozimligini ta'kidladi. Buning uchun joylarda faoliyat yuritayotgan harbiy komandirlar, harbiy-ma'muriy sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish kerakligi qayd etildi.
Harbiy qurilish tizimini takomillashtirish, askarlarning ma'naviyatini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
08:27 / 25.06.2024
Denovda savdo majmuasi hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
09:02 / 17.06.2024
Denovda beshta savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024