Jamiyat | 17:45 / 19.10.2019
12416
3 daqiqa o‘qiladi

Erkinjon Turdimov: «Elektr energiyasini avtomatlashtirilgan tizimga ulash ishlarini tezlashtirish zamon talabidir»

Elektr hisoblagichlarni zamonaviysiga almashtirish shart va majburiy, ayrim fuqarolarning «almashtirmasak ham bo‘lar ekan, majburiy emas ekan», degan fikrlari prezident va hukumat qarorlari talablariga zid.

Joriy yilning 17 oktyabrida «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJga viloyat hokimi Erkinjon Turdimov «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJning ASKUE (EHNAT — elektr energiyasini hisoblashni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi) markaziy serveriga kelib, tizim bilan yaqindan tanishgan edi.

Endilikda EHNATni butun viloyat bo‘ylab qisqa muddatlarda joriy qilish maqsadida viloyat hokimi E.Turdimov raisligida Samarqand shahrida barcha mahalla raislari, faollari profilaktika inspekorlari, Majburiy ijro byurosi xodimlari, sektor rahbarlari va energota'minot korxonasi ishchilari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3981-sonli qarorining va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi №22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyadan foydalanish qoidalariga izoh berib o‘tildi. Mazkur qarorlar va qoidalarga ko‘ra hisoblagichlarni zamonaviysiga almashtirish shartligi va majburiyligi yana bir bor tilga olinib, ayrim fuqarolar tomonidan «almashtirmasak ham bo‘lar ekan, majburiy emas ekan» degan fikrlari qaror talablariga zid ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Avtomatlashtirilgan tizimida kunlik, soatlik iste'mol, to‘lovlar tahlilini ko‘rib, taqqoslab turish mumkinligi, qisqacha qilib aytganda, tizimni «shaffof oyna»ga o‘xshashligi ishtirokchilarga tushuntirildi.

Bundan tashqari, mazkur tizim to‘liq joriy qilingandan keyin tashkilotlar xodimlarning ish haqidan majburiy ravishda kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolishga ehtiyoj qolmasligi, ya'ni kimga elektr energiya kerak bo‘lsa o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishga majbur bo‘lishi aytib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida tashkilotlarga topshiriqlar uch bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Unga ko‘ra birinchi bosqichda hisoblagichlar tekinga, ta'minotchi korxonalar tomonidan to‘liq almashtiriladi, ikkinchi bosqichda — barcha hisoblagichlar to‘liq tamg‘alanadi,  uchinchi bosqichda debitor qarzdorlik to‘liq bartaraf qilinadi.

«Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
matbuot xizmati.

Mavzuga oid