Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Turkiyaning NATOda a'zoligini to‘xtatish taklif qilindi
Fransiya parlamenti quyi palatasi milliy yig‘inining 60 deputati Fransiya hukumatiga Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritish chaqirig‘i bilan murojaat qildi. Siyosatchilarning fikricha, Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyot tufayli Anqaraga ta'sir o‘tkazish lozim. Sanksiyalar, deputatlarning fikricha, Turkiyaning NATOda a'zoligini to‘xtatishgacha borishi mumkin.
“Biz Turkiyaning Suriya Kurdistonidagi harbiy amaliyotidan hamda g‘arb demokratiyalarining xalqaro huquq me'yorlarini buzuvchi hamda shundoq ham kuchli aziyat chekayotgan mintaqani barqarorsizlashtiruvchi bosqinchilikka qarshi harakatsizligidan achchiqdamiz. Biz Fransiya va Yevropa Ittifoqini darhol harakat qilishga va barcha tegishli choralarni ko‘rishga chaqiramiz”, deyilgan deputatlar murojaatida.
Bundan tashqari, fransuz parlamentchilari Turkiyaga qarshi Rossiyaga nisbatan amal qilayotgan iqtisodiy sanksiyalar kiritishni talab qilishmoqda. Ularning fikricha, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishi endi yanada “kam ehtimolli ko‘rinadi”.
9 oktyabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasi va IShIDga qarshi harbiy amaliyot boshlanishini e'lon qilgandi va “mintaqaga tinchlik va osoyishtalik keltirishga” va'da bergandi. Turkiyaning bu amaliyotini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron qoralagan va Turkiya qurolli kuchlarining ushbu xatti-harakatlari IShIDga qo‘l kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Germaniya esa yuz berayotgan voqealar ortida Turkiyaga qurol eksportini to‘xtatgan.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
20:08 / 07.07.2026