Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon internet tarmoğida axborot xavfsizligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2018 yil 5 sentyabrdagi 707-sonli qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hukumat qarori loyihasi joylaştirildi.

Közda tutilayotgan özgartirişlarga köra, hukumatning 2018 yildagi 707-sonli qaroriga 4-ilova sifatida veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şu jumladan blogerga veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasidan Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga zid axborotni öçirişni talab etuvçi xabarnomani yuboriş tartibi töğrisida Nizom muhokamaga qöyilgan. Bu haqda AOKA matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayev öz telegram kanalida xabar qildi.

Özbekiston Respublikasining «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonuni 12-1-moddasiga köra veb-sayt yoki veb-sayt sahifasining egasi, şu jumladan bloger öz veb-resurslaridan jinoiy va boşqa javobgarlikka sabab böladigan harakatlarni sodir etiş maqsadida foydalanilişiga yöl qöymasligi, şunday holatlar sodir bölganda qonunga zid axborotlarni darhol öçirib taşlaşi şartligi belgilangan.

Hukumat qarori loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan axborot makonida şaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qiliş, internet OAV vakillari va blogerlar veb-sahifalariga qonunga zid şarhlar yozilganda ularni aniqlaş va zudlik bilan öçirib yuborişni tizimli ravişda taşkil qiliş maqsadida işlab çiqilgan.

Endilikda, veb-sayt yoki messenjer sahifalari egalariga, şu jumladan blogerga, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni zörlik bilan özgartirişga da'vat etiş, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm ğoyalarini tarğib qiliş, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatuvçi, fuqarolarning şa'ni va qadr-qimmatiga yoki işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi va boşqa huquqiy oqibatlar keltirib çiqaruvçi şarhlar joylaştirilganda, ularni darhol öçirib yuboriş uçun veb-sayt yoki messenjer sahifalari egalariga, şu jumladan blogerga Agentlik tomonidan xabarnoma yuboriladi.