Qirollik hukumatidagi manbaga tayanib Reuters bergan xabarga köra, Jonson parlament talabi bilan majburan Yevroittifoqqa yuborgan rasmiy xatini imzolamagan.
«Samimiyat bilan, Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi boş vaziri», deb yakunlangan maktubda Boris Jonsonning ismi-şarifi ham, uning imzosi ham yöq.
Xatda aytilişiça, agar hukumat va parlament YeIdan çiqiş böyiça kelişuvni ertaroq ratifikatsiya qila olsa, u holda Brexit jarayoni 31 yanvardan oldinroq yakunlanadi.
Öz navbatida, Yevrokengaş raisi Donald Tusk Londondan Brexit`ni keçiktiriş böyiça sörov olganini tasdiqladi. «Endi YeI yetakçilari bilan bunga qanday reaksiya bildiriş masalasida maslahatlaşişga kirişaman», – deb qayd etdi u.
Ma'lum bölişiça, Boris Jonson Donald Tuskka yöllagan imzosiz rasmiy sörovga ilova qilib, şaxsiy xat ham jönatgan va unda mazkur keçiktirişga qarşi ekanini ta'kidlagan.
«Men boş vazir bölişim bilanoq öz pozitsiyamni aniq bildirganman. Buni bugun [19 oktabr] parlamentda yana takrorladim. Men va hukumat jarayonni yana ham keçiktiriş Buyuk Britaniya, YeIdagi hamkorlarimiz va örtamizdagi munosabatlarga salbiy ta'sir körsatadi, deb hisoblaymiz», – deya Jonsonning şaxsiy xatidan parça keltirdi The Guardian.

Eslatib ötamiz, şanba kuni Britaniya parlamenti boş vazirga Brexit`ni keçiktiriş böyiça Yevroittifoqqa sörov jönatiş majburiyatini yuklagan edi. 322 deputat buni yoqlab ovoz berdi, qarşilar soni 306 nafarni taşkil qildi.
Şunga qaramay, Boris Jonson jarayonni 31 oktyabrgaça tugatiş uçun qölidan kelgan barça işni qilişini aytgandi.
«Men YeI bilan keçiktiriş masalasini muhokama qilmayman va heç qanday qonun meni bunday qilişga majbur qila olmaydi», –


















