Kunning qoronği vaqtida, komendantlik soati vaqtida olingan kadrda kolonna soldatlari köçalar böylab harakatlanayotgani körsatilgan. Tasvirlarda bir neça harbiy yölovçini kaltaklayotganini ham köriş mumkin.

Mer Şarp namoyişçilar tomonida. «Zöravonlik kuçayişi va repressiya uçun mas'uliyat hukumat zimmasida», degan mer röy berayotgan voqealarni demokratiyaga zid deb baholagan.

Çilidagi namoyişlar bir hafta oldin mamlakat poytaxti Santyago şahrida boşlangandi. Ötgan vaqt davomida namoyiş butun mamlakatga tarqaldi. Norozilik aksiyalariga metro uçun çipta narxi 30 pesoga (0,042 dollar), 800 pesodan 830 pesoga (43,45 dollar) oşirilgani sabab böldi.

19 oktabr kuni mamlakat prezidenti Sebastyan Pinera 15 kunlik favqulodda holat e'lon qildi. Şundan söng tartibsizliklar kölami yanada kuçaydi.

«Bi-bi-si» ma'lumotiga köra, Santyagoda 300 nafardan ortiq kişi qölga olingan, tartibsizliklar vaqtida 150 nafarga yaqin kişi jarohatlangan, supermarketdagi yonğin oqibatida uç kişi halok bölgan.

DW naşrida yozilişiça, prezident tariflar oşirilişi haqidagi qarorni bekor qilgan, ammo endi bu namoyişçilarni qoniqtirmayapti, şu tufayli, Milliy mudofaa vazirligi rahbari general-mayor Xaver Iturryagu del Kamponing sörovi bilan Santyagoda komendantlik soati joriy etildi.