Jahon | 07:32 / 21.10.2019
4562
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda KXShTning “Mustahkam birodarlik-2019” harbiy mashg‘ulotlari boshlanadi

Foto: RIA Novosti

21 oktyabrda Tojikistonning Harb-Maydon poligonida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlatlarining “Mustahkam birodarlik-2019” harbiy mashg‘ulotlari ochilishi marosimi bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlar 21-29 oktabr kunlari o‘tib, uning 1-bosqichida Tojikiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakillari ishtirok etishadi.  

“Tantanali marosim vaqtida harbiylarni Tojikiston mudofaa vaziri general-mayor Abdulhoshim Davron G‘ulomzoda, KXShT birlashgan shtabi boshlig‘i general-polkovnik Anatoliy Sidorov, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin qutlaydi”, deyilgan xabarda.

1-bosqichda shartli jangarilar yo‘q qilinadi, 2-bosqichda esa KXShT davlatlari, jumladan Armaniston va Belarus harbiylari Markaziy Osiyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliyotni amalga oshiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid