Andijonda 402 476 281 sömlik elektr energiyasidan noqonuniy ravişda foydalanganlik holati foş etildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Jalaquduq tumani hududida joylaşgan MÇJga qaraşli sex toşlarni qayta işlaş bilan şuğullanib kelgan. Bu işlab çiqariş korxonasi Xöjaobod TETK tasarrufidagi 110/35/10 kV “Madiyarov” PS dan çiquvçi 10 kV “Toza” fideriga özboşimçalik bilan ulanib, noqonuniy faoliyat körsatib kelganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan örnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylaştirilib, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari”ga asosan 402 476 281 söm hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori hisoblangan.
















