«Sizlarga yaxshi ma'lum, yaqinda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a'zo bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, nafaqat o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, balki turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirishga xizmat qiladi. 

Kengash sammitida bildirgan tashabbuslarimiz, xususan, qardosh xalqlar adabiyotining eng sara namunalari mujassam bo‘lgan yuz jildlik «Turkiy adabiyot xazinasi» kitoblar turkumini a'zo davlatlarning ona tillarida nashr etish taklifimiz ijobiy qabul qilindi», degan prezident.