6-21 oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon şahrida qöşin razvedkaçilari örtasida ötkazilgan xalqaro tanlovda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi britaniyalik, nepallik va şveysariyalik hamkasblari bilan birga birinçi örinni qölga kiritdi (tanlov şartiga köra har bir sovrinli örin bir neçta jamoaga berilişi ham mumkin).
Ikkinçi örin Buyuk Britaniya, Fransiya va Hindiston jamoalariga, uçinçi örin ham mezbonlarga nasib etdi. Mazkur musobaqada 39 mamlakatdan jami 144 ta jamoa qatnaşdi (mezbon davlat tanlovda 63 ta jamoa bilan iştirok etdi).

9 bosqiçdan iborat tanlov davomida iştirokçilar navigatsiya vositalarisiz Kembriya toğlari böylab 25 kg yuk bilan 70 km masofaga marş yuriş, 1000 metrdan ortiq balandlikka kötariliş va 750 metrlik pastlikka tuşişni amalga oşirdilar. Bunda ularning yetakçilik qobiliyati, amaliy könikmasi, ruhiy va jismoniy quvvati sinovdan ötdi, deb yozadi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Marş yuriş davomida har bir jamoa, toğli va suv tösiqlaridan ötiş, hudud razvedkasini olib boriş, şartli duşman joylaşgan hududni aniqlaş va ularni yöq qiliş böyiça öquv-jangovar operatsiyalarni amalga oşiriş, şartli yaradorlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş, noqonuniy kuçlar tomonidan garovga olinganlarni ozod etiş, murakkab toğli hududlarda pistirmalarni taşkil etiş kabi vazifalarni bajardi.
Bugun, 21 oktabr kuni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston vakillari tantanali kutib olindi.





















