Joriy yil 19—24 aprel kunlari Amerika Qöşma Ştatlarining Missisipi ştatidagi «Camp Shelby» harbiy öquv bazasida ötkazilgan «Ilğor jangçi» musobaqasining ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz’ga xabar berdi.

Missisipi ştatidagi Qurolli Kuçlar tuzilmalari vakillari, faxriylar va musobaqa iştirokçilari qatnaşgan marosimda taşkilotçilar tomonidan özbekistonlik harbiy xizmatçilar — III darajali serjant Dilmurod Sulaymonov hamda kiçik serjant Xayrulla Olimovga musobaqa ğoliblari uçun beriladigan «Ilğor jangçi» mukofoti va kökrak nişonlari tantanali ravişda topşirildi.

Ma'lum qilinişiça, ğolib harbiy xizmatçilar 27 aprel kuni Özbekistonga yetib keladi.

Eslatib ötamiz, AQŞdagi «Camp Shelby» harbiy öquv bazasida bölib ötgan «Ilğor jangçi» musobaqasida, Özbekiston vakillari boşqa yönalişdagi bahslarda ham muvaffaqiyatli qatnaşgan edi.

Şuningdek, uşbu musobaqada 2019 yildagi iştiroklari davomida ham özbekistonlik harbiylar 1-örinni qölga kiritişgan edi.