Özbekistonda xususiy boğçalar barpo etişga ruxsat berilgaç, taşabbuskorlarga davlat tomonidan e'tibor va arzon kreditlar taqdim etila boşlangaç, köpçilik «yuragida öti borlar» işga kirişişdi.
Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida bunday talabgorlar soni boşida 60dan oşiq edi. Ulardan faqat tört nafari közlangan rejalarini amalga oşirişga muvaffaq bölişdi.
Biroq bugungi kunda kelib ular muammolar girdobida qolişgani sababli dardlariga mas'ullar quloq tutişini sörab Kun.uz tahririyatiga murojaat qilişdi. Birin-ketin ularni qiynayotgan muammolar bilan tanişdik.
Maşhura opa yetişolmayotgan «bitim»
Ğijduvon tumanining «Qörğon» mahallasida 150 örinli xususiy boğça qurişga bel boğlagan Maşhura Eşmurodova bugun özi töqnaş kelib turgan muammolarga duçor bölişini bilganida aslo bu işga boş qöşmas edi.

U ayol boşi bilan barpo etayotgan boğça binosi qad kötargan çoğda işlar töxtab qoldi. Nega?


«Prezidentimiz taşabbus körsatib xususiy boğçalarga keng yöl oçib bergaç, imkoniyatlar taqdim etgaç, ruhlanib şu işga qöl urdim. Maktabgaça ta'lim vazirligi viloyat hokimligi uç tomonlama bitim imzolab berdi, biroq u vaqtda loyiha smeta hujjatlarimiz tayyor emas edi. U payti birortamiz töliq tuşunçaga ham ega emasdik. MTVdan kelib mutaxassislar körib örganib ketişdi, işlarni töxtatmanglar, yordam beramiz, boğçani öz vaqtida işga tuşiriş kerak deyişdi. Kredit olganman 1 foizlik, ayol boşim bilan şu holatga keltirdim. 2 mlrd 800 million söm ajratib berişlari kerak edi. Lekin tuşunçaga ega bölmaganimiz sababli kam summa ajratilgan. Qöşimça bitim qilib beramiz, deb va'da berişgan edi. 9 oydan beri 25 marta vazirlikka bordim. Lekin nuqul va'dadan naryoqqa öta olişmayapti», — deydi Maşhura Eşmurodova.
Maşhura Elmurodova öşa tuzilgan eski bitimni hali qöliga uşlab ham körmaganini aytib ötdi. Xullas, u özi duç kelgan muammolarning oxirini köra olmayapti.





























