Uşbu olimpiadada 18ta yetakçi tibbiy oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Kuban davlat tibbiyot universiteti, Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti, Birinçi Moskva Davlat Tibbiyot Universiteti, Kirov davlat tibbiyot universiteti, I.P.Pavlova nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Pyatigorsk tibbiyot va farmatsevtika instituti, Qozon davlat tibbiyot universiteti, Privoljye tibbiy tadqiqot universiteti, Boşqirdiston davlat tibbiyot universiteti, Qarağanda tibbiyot universiteti, Astana tibbiyot universiteti, Qozoğiston-Rossiya tibbiyot universiteti, N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti, Buxoro, Samarqand va Andijon tibbiyot institutlari hamda Toşkent davlat stomatologiya institutidan vakillar qatnaşdi.
Özbekiston davlat akademik rus drama teatrida bölib ötgan tadbirni Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov kiriş sözi bilan oçib berdi.

Şuningdek, Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Rizayev va mehmonlar xalqaro tanlovning ahamiyati haqida nutq sözladi.

Olimpiadada tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining yuqori kurslarida tahsil olayotgan 5 nafar talabadan iborat jamoalari iştirok etdi. Olimpiada terapevtik stomatologiya, ortopedik stomatologiya, xirurgik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya yönalişlarida olib borildi. Tanlovni xalqaro tajribaga ega bölgan olimlar baholab bordi.
«Ta'kidlaş joizki, uşbu tanlovga yurtimiz nomidan qatnaşgan Toşkent davlat stomatologiya instituti talabalari 2ta 1-örin, 2ta 2-örin, 1ta 3-örin va 1ta mutlaq ğolib iştirokçi bilan eng yuqori örinlarni egalladi. Uşbu institut talabasi Diyora Isanova xalqaro olimpiadaning mutlaq ğolibasi böldi. Umumjamoa hisobida Kirov davlat tibbiyot universiteti va Kuban davlat tibbiyot universiteti yuqori örinlarni egalladi.
Olimpiada doirasida şuningdek, tibbiyot muassasalarining taqdimotlari va konferensiyalari ham ötkazildi. Uşbu tadbir nafaqat talabalarning bilimlarini amalda sinab köriş, balki xalqaro tajriba almaşiş imkoniyatini ham yaratdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi















