Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.

 Qayd etilishicha, ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Ozarboyjon Respublikasi, Gruziya, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha) va Tojikiston Respublikasi (30 kungacha) bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

 Qolgan mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bir tomonlama tarzda 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingan. Vizasiz rejim sanab o‘tilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qat'i nazar O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, xizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaxs amaldagi milliy pasport yoki xorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qo‘llaniladigan, uning o‘rniga o‘tadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirishdan kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak bo‘lgan boshqa hujjatga ega bo‘lishi kerak.

 Vizasiz rejim ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar xorijiy fuqaro respublikadan chiqib ketishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida 30 yoki 60 kundan ko‘p bo‘lish zarurati holatlarida xorijiy fuqaro O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.

 Ro‘yxatda 66 dan 85 gacha ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi.

 Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma'muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatning xalqaro aeroportlari orqali ko‘pi bilan 7 kun muddatga O‘zbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma'lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qiluvchi tashuvchining qaytuvchi aviachiptasi mavjud bo‘lganda 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi.

 Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz

rejim joriy qilingan mamlakatlar

RO‘YXATI