Jahon | 10:00 / 27.10.2019
8646
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shilmaslik harakati sammitida Falastin masalasi bo‘yicha deklaratsiya imzolandi

Qo‘shilmaslik harakati sammiti a'zolari Bokudagi yig‘ilishda to‘rtta hujjat, jumladan Falastin bo‘yicha Boku deklaratsiyasini imzolashdi.

RIA Novosti agentligi xabar berishicha, sammit ishtirokchilari tomonidan Yakuniy hujjat, Boku siyosiy deklaratsiyasi, Ozarboyjon va ozarlar bilan birdamlik va minnatdorlik hamda Falastin bo‘yicha hujjat imzolangan.

Qo‘shilmaslik harakatining tartib bo‘yicha 18-sammiti juma kuni Ozarboyjon poytaxtida bo‘lib o‘tdi. Unda Eron, Kuba, Venesuela va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etdi, jami 158 mamlakatdan vakillar qatnashdi.

Qo‘shilmaslik harakati sovuq urush yillarida AQSh yoki SSSR ta'siriga qarshi turish maqsadida, 1961 yil sentyabrida Belgraddagi konferensiyada tuzilgan, uning tarkibiga NATOga yoki Varshava kelishuviga a'zo bo‘lishni istamagan davlatlar - jumladan, Yugoslaviya, Hindiston va Misr kabi yirik davlatlar kirgandi. Hozirda Qo‘shilmaslik harakati harbiy bloklarga kirishni istamagan 120 davlatni o‘zida birlashtiradi, 17 davlat va 10ta xalqaro tashkilot kuzatuvchi maqomiga ega hisoblanadi. Harakatga a'zo bo‘lgan Yevropaning yagona davlati - Belarusdir, lekin bu davlat Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT/ODKB) a'zosidir.

Mavzuga oid