Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada prezident saylovidan so‘ng aholiga valuta sotib olishda cheklov o‘rnatildi
Saylovga bir hafta qolganida argentinaliklar dollar sotib olish va banklardagi omonatlarini qaytarib olishni faollashtirdi.
Prezident saylovlaridan so‘ng Argentina markaziy banki valuta nazoratini qat'iylashtirdi. Ilgari fuqarolar oyiga 10 ming dollargacha valuta sotib olishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ushbu miqdor 200 dollar etib belgilandi.
Bank bu qarorni mamlakatda hokimiyat almashishi bilan bog‘liq noaniqlik va o‘tish davrida valuta rezervlarini himoya qilish zaruriyati bilan izohladi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, amaldagi prezident Maurisio Makri saylovda mag‘lubiyatga uchradi va mag‘lubiyatini tan oldi. Alberto Fernandes 48 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi va uning g‘alabasi hokimiyatga keyingi 30 yil davomida mamlakatni boshqarib kelgan Peronchilar partiyasining qaytishini anglatadi.
Argentina valuta bozoridagi beqarorlik Fernandes avgust oyida praymerizda g‘alaba qozonganida boshlangandi. Saylovga bir hafta qolganida argentinaliklar dollar sotib olish va banklardagi omonatlarini qaytarib olishni faollashtirdi, deya qayd etadi Bloomberg.