2019 yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari soni 6 mln kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,8 foizga ortgan.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2019 yil yanvar–sentabr oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari soni 9,7 mln kishini tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslanganda bu ko‘rsatkich 9,6 foizga kam.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasidan 1,8 mln kishi (barcha tashrif buyurganlarning 31,1 foiz), Tojikistondan 1,6 mln kishi (28,1 foiz), Qirg‘izistondan 1 mln kishi (17,9 foiz), Rossiyadan 463,5 ming kishi (7,7 foiz), Turkmanistondan 412,0 ming kishi (6,8 foiz) va Belarusdan 14,5 ming kishi (0,2 foiz) tashrif buyurgan.
Uzoq xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy qismi Turkiyadan 78,7 ming kishi (1,3 foiz), Xitoydan 45,5 ming kishi (0,8 foiz), Janubiy Koreyadan 32,0 ming kishi (0,5 foiz), Hindistondan 26,0 ming kishi (0,4 foiz), Germaniyadan 23,5 ming kishi (0,4 foiz), Yaponiyadan 18,8 ming kishi (0,3 foiz), Fransiya, Italiya va Isroil davlatlaridan mos ravishda 17,2, 16,9 va 11,5 ming kishi tashrif buyurgan.
O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadlari bu qarindoshlarni yo‘qlash - 67,3 foiz. Keyingi o‘rinlarda sayyohlik maqsadi – 12,0 foiz, tranzit – 10,5 foiz, davolanish maqsadi - 0,7 foiz, ishlash maqsadi - 0,7 foiz, doimiy yashash maqsadi - 0,7 foiz, xizmat yuzasidan va tijorat maqsadi - 0,6 foiz, o‘qish – 0,3 foiz va boshqa maqsadlar – 6,6 foiz.
2019 yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 9,3 mln kishi MDH davlatlariga tashrif buyurgan bo‘lib, ularning 5,5 mln nafari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida, 2,7 mln nafari ishlash maqsadida, 183,5 ming nafari sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan.
Uzoq xorijiy davlatlarga esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 463,9 ming kishi tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan 288,8 ming nafari sayyohlik maqsadida, 63,8 ming nafari ishlash maqsadida tashrif buyurgan.
2019 yil yanvar-sentabr oylarida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, xizmat yuzasidan ketganlarning 90,6 foiz erkaklar, 9,4 foiz ayollar, o‘qish maqsadida ketganlarning 62,6 foiz erkaklar, 37,4 foiz ayollar, sayyohlik maqsadida ketganlarning 51,7 foiz erkaklar, 48,3 foiz ayollar, ishlash maqsadida ketganlarning 77,2 foiz erkaklar, 22,8 foiz ayollar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida ketganlarning 48,0 foiz erkaklar, 52,0 foiz ayollar, davolanish maqsadida ketganlarning 44,4 foiz erkaklar, 55,6 foiz ayollar tashkil etadi.
















